«Vest Xem» 28 yoshli yarim himoyachi evaziga 40 million to‘lashi kerak

«Vest Xem Yunayted» yarim himoyachi xarid qiladi. Xabarlarga ko‘ra, ayni damda «Sautgeempton» futbolchisi Jeyms Uord-Prouzni sotib olish borasida muzokaralar davom etmoqda. Insayd ma’lumotlarga ko‘ra, 28 yoshli yarim himoyachi APLga qaytish uchun «Vest Xem»ga o‘tishga tayyor.

Tomonlar narx masalasini hal qilib olishi kerak. «Sautgempton» o‘z sardori evaziga hech bo‘lmaganda 40 million to‘lashlarini xohlaydi. Ammo London klubi bunday katta summa sarflamoqchi emas.

Manba: caughtoffside.com

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter