«PSJ» hujumchisiga APLdan takliflar bor

«PSJ» futbolchisi APLga o‘tishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, «Nottingem» va «Vest Xem» parijliklar hujumchisi Yugo Ekitikega qiziqish bildirmoqda. 21 yoshli futbolchi jamoadan ketishga tayyor.

Ammo «PSJ» uni o‘rnini bosa oladigan hujumchi topishi kerak bo‘ladi. Ayni damda parijliklar «Ayntraxt» futbolchisi Randal Kolo Muani bilan muzokaralar o‘tkazilmoqda. Ekitike o‘tgan mavsumda 35 million yevroga xarid qilingan.

Manba: caughtoffside.com

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter