«Vest Xem Yunayted» rahbariyati va murabbiyi kelisha olmay qoldi

«Vest Xem Yunayted»da muammolar mavjud. Xabarlarga ko‘ra, klub sport direktori Tim Shteyden hamda bosh murabbiy Devid Moyes o‘rtasida kelishmovichilik kelib chiqqan. Bunga yangi transferlar boraisdagi har xil qarashlar sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Shteyden taklif qilayotgan yangi futbolchilar Moyesga ma’qul kelmayapti. Murabbiy APL tajribasiga ega yulduzlarni sotib olishni ma’qul ko‘rmoqda. Rahbariyat vakili esa asosan chetdan arzonroqqa futbolchi keltirmoqchi.

Manba: caughtoffside.com

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter