«Manchester Siti» Uoker o‘rniga futbolchi olmoqchi emas

«Manchester Siti» yozda «Bavariya»ga o‘tish ehtimoli yuqori bo‘lgan o‘ng qanot himoyachisi Kayl Uokerga o‘rinbosar izlamoqchi emas. Eslatib o‘tamiz, «shaharliklar» 33 yoshli futbolchi uchun 15 million yevro talab qilmoqda. “Qizil mashina” hozircha bunday pulni to‘lamoqchi emas, ammo transfer ehtimoli hali ham yuqori.

Jurnalist Sem Lining so‘zlariga ko‘ra, “Manchester Siti” himoyadagi istalgan pozisiyada o‘ynay oladigan Uokerning o‘rniga futbolchi sotib olish zaruratini ko‘rmayapti. «Shaharliklar»ning fikricha, Jon Stouns, Manuel Akanji va Riko Lyuis kabi ro‘yxatdagi ko‘p qirrali futbolchilar Kaylning ketishining o‘rnini to‘ldirishlari mumkin.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter