«PSJ» Sansheshni ijaraga bermoqchi emas
Fransiyaning «PSJ» klubi bosh murabbiy Luis Enirkening rejalariga kiritilmagan yarim himoyachisi Renatu Sansheshni ijaraga bermoqchi emas. Jurnalist Fabris Xokinsning fikricha, rahbariyat portugaliyalikni to‘liq sotmoqchi.
Manbaning xabar berishicha, Sansheshga qiziqayotgan “Roma” yarim himoyachini faqat ijaraga olishga tayyor. Tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda, italyan klubi hali ham o‘z shartlariga ko‘ra shartnoma tuzishga umid qilmoqda.
Sanshesh o‘tgan yilgi «Lill»dan transfer qilinganidan so‘ng «PSJ»dagi debyut mavsumida muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/