Rasman! «An-Nasr» «MYU» futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi

«Manchester Yunayted» Aleks Tellesni «Al Nasr»ga o‘tganini e’lon qildi.

Braziliyalik futbolchi Saudiya klubi bilan 2025 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. «Manchester Yunayted» chap qanot himoyachisi uchun 4 million funt va bonuslar olishi xabar qilingandi.

Telles 2020 yilning oktyabr oyidan beri «MYU»da o‘ynamoqda. U klub safida 50 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U o‘tgan mavsumni «Sevilya»da ijara asosida o‘tkazdi.

«An-Nasr»da u Krishtianu Ronaldu, Marselo Brozovich va Seko Fofana bilan birga o‘ynaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter