Simeone: «Mbappe «Real»ga o‘tsa xursand bo‘lardim»

«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeonening aytishicha, «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappening «Real»ga o‘tishi La Liga uchun yaxshi bo‘ladi.

«Men buni juda xohlardim, La Liga yetakchi ligalardan biri bo‘lib qolishda g‘ayrioddiy bo‘lardi. Ispaniyaga kelgan barcha futbolchilar qoniqmoqda.

«Real»da iqtisodiy muammolar yo‘q, ular Mbappeni sotib olishga qurbi yetadi. Shubhasiz, agar bu yil bo‘lmasa, kelasi yili unga qarshi o‘ynaymiz», – dedi Simeone AS nashriga.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter