Nkunku: «Har bir o‘yinda g‘alaba qozonishni istaymiz»

«Chelsi» hujumchisi Kristofer Nkunku mavsumoldi mashg‘ulotlari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Ko‘klar» «Fulxem»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘rtoqlik o‘yidagi gollardan birining muallifi aynan Nkunku bo‘ldi.

«Biz har bir o‘yinda g‘alaba qozonishni istaymiz, jamoa bugun ajoyib ko‘rinish oldi. Biz bundan mamnunmiz.

Mavsum oldidagi g‘alabalar ishonchni mustahkamlash uchun muhim o‘rin tutadi. Dortmundning «Borussiya»siga qarshi navbatdagi o‘yinda g‘alaba qozonishni istaymiz.

Mening pozisiyam? Mavsum oldidan turli variantlarni sinab ko‘ryapmiz – barcha variantlarni tekshirishingiz kerak.

Men allaqachon uchta pozisiyada o‘ynadim», – dedi Nkunku.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter