Lautaro Martines faoliyatini qaysi klubda yakunlamoqchi ekanligini aytdi

Milanning «Inter» klubi yulduz hujumchisi Lautaro Martines Italiya jamoasidagi kelajagi haqida fikr bildirdi.

«Faoliyatimni «Inter»da yakunlashni istardim. Oilam Milanda juda baxtli. Hozircha o‘zimni boshqa jamoada tasavvur qila olmayapman. Futbolda hamma narsa juda tez o‘zgarib ketadi, ammo agar meni klubdan haydab solishmasa, shu yerda qolaman», – deya argentinalik hujumchining so‘zlarini keltiradi Gazzetta dello Sport nashri.

28 yoshli hujumchi va Milan klubi o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi. Martinesning transfer qiymati 85 million yevroga baholanmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter