Lautaro Martines «Real» haqida: «Mening fikrim va yuragim doim «Inter» bilan»

«Inter» hujumchisi Lautaro Martines jurnalistning «Real»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi savoliga javob berdi.

«Albatta, biz juda katta jamoa haqida gapiryapmiz, lekin mening fikrim va yuragim doim «Inter» bilan.

Oilam va men Milanda yaxshi vaqt o‘tkazamiz va men klub bilan sovrinlarni yutishda davom etishni xohlayman», – deb javob berdi Martines.

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli argentinalik futbolchi “neradzurrilar” safida 2018 yilning iyul oyidan buyon to‘p surmoqda.

Uning hisobida 251 ta o‘yinda 114 ta gol va 38 ta golli uzatma bor.

Klub bilan birgalikda Italiya chempioni bo‘ldi va ikki marta mamlakat kubogi va superkubogini qo‘lga kiritdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter