APL klubi murabbiyni iste’foga chiqarishi mumkin
«Lids» bosh murabbiyi Daniel Farkening faoliyati katta xavf ostida. Bu haqda indykaila News xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, tez orada «Lids» rahbariyatining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi va unda Farkening klubdagi kelajagi hal qilinadi. Murabbiyning iste’foga chiqarilishi haqidagi mish-mishlar anchadan beri mavjud, ammo aynan hozir mutaxassis iste’foga chiqishga yaqin turibdi.
«Lids» Chempionshipdan qaytganidan keyin Angliya Premyer-ligasidagi ilk mavsumini o‘tkazmoqda. O‘tkazilgan 12 tur yakuniga ko‘ra, jamoa turnir jadvalida 18-o‘rinda bormoqda. Ushbu oraliqda «tovuslar» atigi 11 ochko jamg‘arishdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
