«Napoli» o‘z murabbiyini qachon iste’foga chiqarishi oydinlashdi

Shanba kuni «Napoli» o‘z muxlislarini xursand qilmadi – jamoa A Seriya doirasida «Jenoa»ga qarshi o‘z uyida durang o‘ynadi (1:1). Shu bilan birga, neapolliklar faqat uchrashuv yakunida mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi.

Final hushtagi yangraganidan keyin hafsalasi pir bo‘lgan «Napoli» muxlislari jamoaga nisbatan hushtakbozlik qilishdi.

La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, «Napoli» Massarri bo‘lajak Chempionlar Ligasi «Barselona»ga qarshi o‘yinda yomon o‘yin ko‘rsatsa, uni iste’foga chiqarishi mumkin.

Jamoalar 21 fevral, chorshanba kuni Neapolda o‘ynaydi. Qayd etilishicha, Marko Djampaolo yaqin kelajakda «Napoli» murabbiylik kursida Valter Massarrining o‘rnini egallashi mumkin.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter