Jeyms 6 haftani o‘tkazib yuboradi

«Lids» hujumchisi Deniel Jeyms jarohati tufayli 6 haftagacha maydonga tusha olmaydi, dedi jamoa bosh murabbiyi Daniel Farke.

27 yoshli uelslik mashg‘ulotlarda to‘pig‘ini qayirib olgan. Yaqinda u mushaklar bilan bog‘liq muammolardan so‘ng maydonga qaytgan edi.

«Shifokorlarning aytishicha, u katta ehtimol bilan 4-6 haftani o‘tkazib yuboradi, shuning uchun, to‘g‘risini aytganda, biz uning noyabr oyidagi xalqaro tanaffusdan so‘ng jamoaga qaytishini kutmoqdamiz. Agar u ertaroq qaytsa, bu bonus va syurpriz bo‘ladi. Bu unchalik yaxshi yangilik emas», – deya Farkening so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

2025/26 yilgi mavsumda Jeyms 5 ta o‘yinda golli harakatlar amalga oshirmadi. U 2021 yilning avgustidan beri «Lids»da o‘ynamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter