Liga 1 klubida iste’fo!

«Reyms» bosh murabbiyi Luka Elsner istefoga chiqarildi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.

Jamoaga Samba Diavara vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlandi. U bo‘lajak o‘yinlarda jamoani boshqaradi.

Elsner 2024 yilning 25 iyunida «Reyms» bosh murabbiyi lavozimini egallagandi. Bungacha 47 yoshli sloveniyalik mutaxassis «Gavr»ni boshqargan.

«Reyms» Liga 1da hozirda 13-o‘rinni egallab turibdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter