Polsha murabbiyi: «Jamoaning eng yuqori darajasi qayerda ekanligini bilmayman»
Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi Yan Urban jahon chempionati saralashidan o‘rin olgan Malta bilan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. O‘tgan turda maltaliklar Finlyandiyani mag‘lub etib (1:0), polshalik esa niderlandiyaliklar bilan o‘zaro durang o‘ynab (1:1) syurpriz taqdim etishgandi.
«Jamoada hamma bir-birini yaxshi tushunishi uchun ishlash kerak. Buning uchun barqarorlik kerak. Agar u bo‘lmasa, o‘yin ko‘ngildagidek o‘tmasligi mumkin. Bu jamoaning eng yuqori darajasi qayerda ekanligini aytish qiyin. U rivojlanayotganidan xursandman,» – deya Urban so‘zlarini keltiradi mahalliy futbol assosiasiyasi rasmiy sayti.
«O‘zgarishlar bo‘ladi. Ular turli sabablarga ko‘ra yuzaga keladi. Ba’zida sariq kartochkalar bilan, ba’zida jarohatlar tufayli, yana kimdir o‘z imkoniyatini kutayotgani bilan,» – dedi Urban.
Polsha esa 14 ochko bilan guruhda peshqadam bo‘lish uchun nazariy imkoniyatlarini saqlab turibdi. Niderlandiya terma jamoasi hisobida 17 ochko bor. Finlyandiyada 10, Maltada 5, Litvada 3 ochko bor.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
