Polsha terma jamoasining Yevro-2024 uchun yakuniy tarkibi ma’lum bo‘ldi

Polsha terma jamoasining Germaniyada bo‘lib o‘tadigan 2024 yilgi Yevropa chempionatidagi yakuniy tarkibi ma’lum bo‘ldi.

Darvozabonlar: Voysex Shensni («Yuventus», Italiya), Lukash Skorupski («Bolonya», Italiya), Marsin Bulka («Nissa», Fransiya).

Himoyachilar: Bartosh Bereshinski («Empoli», Italiya), Yan Bednarek («Sautgempton», Angliya), Pavel Davidovich («Verona», Italiya), Yakub Kivyor («Arsenal», Angliya), Timoteush Puxach («Kayzerslautern», Germaniya), Bartosh Salamon («Lex», Polsha), Sebastyan Valukiyevich («Empoli», Italiya).

Yarim himoyachilar: Pshemislav Frankovski («Lans», Fransiya), Kamil Grosiski («Krakoviya», Polsha), Yakub Moder («Brayton end Xouv Albion», Angliya), Yakub Petrovski («Ludogores», Bolgariya), Taras Romanchuk («Yagelloniya», Polsha), Bartosh Slish («Atlanta Yunayted», SSHA), Sebastyan Shimanski («Fenerbaxche», Tursiya), Damian Shimanski (AYEK, Gresiya), Kasper Urbanskiy («Bolonya», Italiya), Nikola Zalevski («Roma», Italiya), Pyotr Zelinski («Napoli», Italiya).

Hujumchilar: Robert Levandovski («Barselona», Ispaniya), Arkadiush Milik («Yuventus», Italiya), Karol Sviderski («Verona», Italiya), Kshishtof Pyontek («Istanbul», Tursiya), Adam Buksa («Antalyaspor», Tursiya).

Guruh bosqichida (D guruhi) Polsha Niderlandiya (16 iyun), Avstriya (21 iyun) va Fransiya (25 iyun) bilan kuch sinashadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter