«Barsa» hujumchisi: «Foydali saboq bo‘ldi»

«Barselona» hujumchisi Ferran Torres Chempionlar Ligasidagi «PSJ»ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan so‘ng (1:2) o‘z fikrlarini bildirdi.

25 yoshli ispaniyalik futbolchi 19-daqiqada mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi, ammo bu jamoaga ochko keltirishga yordam bermadi. Uchrashuv yakunida Gonsalu Ramushning goli tufayli parijliklar g‘alaba qozonishdi.

«Og‘riqli mag‘lubiyatmi? Yo‘q, men buni ko‘proq foydali saboq deb bilaman. Biz bu o‘yindan ijobiy xulosalar chiqarishimiz mumkin. Umid qilamanki, o‘zimizni yaxshilash uchun nimani o‘zgartirishimiz kerakligini anglab yetamiz,» – dedi Torres o‘yindan keyingi suhbatda.

5 oktyabr, yakshanba kuni Xans-Diter Flik jamoasi La Liga doirasida «Sevilya» maydoniga safar qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter