Torres Ispaniya terma jamoasidagi maqsadlari haqida gapirdi

«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Ferran Torres terma jamoadagi maqsadi haqida gapirdi.

«Men har doim Ispaniya terma jamoasidagi maqsadlarimdan biri jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar qatoriga kirish ekanligini aytganman. Shuning uchun orzu qilishda davom etishim va ko‘proq gol urishim kerak,» – dedi Torres intervyuda.

25 yoshli hujumchining hisobida Ispaniya terma jamoasi safida 50 ta o‘yin bor. Bu vaqt ichida u 23 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi, shuningdek, beshta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter