«Barsa» hujumchisi: «Yamalning o‘yini meni hayron qoldirmaydi»
Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Ferran Torres jamoaning 17 yoshli forvardi Lamin Yamalning Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finalidan o‘rin olgan Milanning «Inter» klubiga (3:3) qarshi dastlabki uchrashuvdagi o‘yini haqida fikr bildirdi.
«Yamalning o‘yini meni hayron qoldirmaydi. Bu uchrashuvda Lamin juda g‘ayratli edi. U «Barselona»ning asosiy futbolchisi hisoblanadi. Golga kelsak, jamoaga yordam berish va o‘z hissamni qo‘shishdan mamnunman,» – deya Ferranning so‘zlarini keltiradi AS.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/