«Real» sobiq direktori: «Yig‘lashga vaqt yo‘q»
«Real»ning sobiq futbolchisi va direktori Predrag Miyatovich Xabi Alonso jamoasining derbida «Atletiko»dan 2:5 hisobida mag‘lubiyatga uchraganidan keyin o‘z fikrlarini bildirdi. 56 yoshli mutaxassis og‘riqli natijaga qaramay, jamoa bo‘lajak o‘yinlarga e’tibor qaratishi kerakligini ta’kidladi.
«Bunday mag‘lubiyatlar har doim og‘riqli, ammo o‘yinlar shunchalik ko‘pki, yig‘lashga vaqt yo‘q,» – dedi Miyatovich El Larguero dasturida.
U futbolchilar zich taqvimga moslashishlari va har bir o‘yin muhimligini tushunishlari kerakligini ta’kidladi:
«O‘yinchilar professional bo‘lishlari va futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkinligiga ko‘nikishlari kerak – og‘ir mag‘lubiyatlar ham, muhim g‘alabalar ham».
Miyatovich, shuningdek, raqiblarning yuqori darajadagi motivasiyasini ta’kidladi:
«Real»ga qarshi barcha jamoalar mavqeidan qat’i nazar borini berib o‘ynaydi».
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/