Miyatovich: «Vinisius tinchlanish yo‘lini topishi kerak»

«Real»ning sobiq futbolchisi Predrag Miyatovich madridliklar hujumchisi Vinisius Junior haqida gapirdi.

«Los-Blankos»ning sobiq futbolchisining fikricha, braziliyalik xotirjam bo‘lishi kerak.

«Vinisius tinchlanish yo‘lini topishi kerak. Aks holda, u futbol maydonida qanchalik yaxshi o‘ynamasin, hech qachon afsonaviy futbolchiga aylanmaydi.

Vinisius – kuchli o‘yinchi, bu yaxshi, lekin haqiqat shundaki, u hatto jamoadoshlari uchun ham oldindan aytib bo‘lmaydigan xususiyatlarga ega», – dedi Miyatovich.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter