Xabi «Bayer»dagi yubiley uchrashuvida murabbiylik faoliyatidagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi
Xabi Alonso murabbiylik faoliyatidagi ilk sovrinni qo‘lga kiritdi.
Bugun Bundesliga mavsumi yakunlanishiga 5 tur qolganida «Bayer» 29-turda «Verder»ni (5:0) mag‘lub etib, muddatidan avval Germaniya chempioniga aylandi.
Bu 42 yoshli Alonso uchun murabbiylik faoliyatidagi ilk sovrindir.
Xabi Alonso «Real Sosyedad», «Eybar», «Liverpul», «Real Madrid» va «Bavariya»da o‘ynagan. Klublar miqyosida u 15 ta sovrin, shu jumladan ikkita Chempionlar ligasini qo‘lga kiritdi.
Alonso 2003 yildan 2014 yilgacha Ispaniya terma jamoasida o‘ynagan va uchta sovrin – Yevro-2008, JCH-2010 va Yevro-2012 ni qo‘lga kiritgan.
Alonso avvalroq Madridning yoshlar jamoasi (2018-2019) va «Real Sosyedad»ning ikkinchi jamoasi (2019-2022)ni boshqargan.
U 2022 yilning 5 oktyabrida «Bayer»ni qabul qilib oldi. Bugun jamoa uning qo‘l ostida 80-uchrashuvini o‘tkazdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/