Edegor «Arsenal»ning yangi futbolchisiga baho berdi
Londonning «Arsenal» klubi xavbeki Martin Edegor jamoaning yangi a’zosi – ispaniyalik yarim himoyachi Martin Subimendi o‘yini haqida gapirdi.
«Mavsumoldi o‘yinlarida Martin o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi. Men u bilan oldin ham o‘ynaganman, shuning uchun uning kuchli tomonlarini bilaman. Bu yuqori darajadagi futbolchi. Subimendi o‘yinni nazorat qila oladi. Bu «Arsenal»ga yangi imkoniyatlar beradi,» – deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Men In Blazers.
Ispaniyalik yarim himoyachi joriy transfer oynasida «Real Sosyedad»ni London klubiga almashtirdi. Futbolchining transferi uchun «kanonirlar» rahbariyati taxminan 70 million yevro to‘lagan. Subimendi APL yangi mavsumida bitta uchrashuv o‘tkazdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/