«Real» Subimendidan voz kechgani yo‘q
«Real»dagilar «Arsenal» «Real Sosyedad» yarim himoyachisi Martin Subimendi masalasida oldinga siljiganini bilishadi. Shu bilan birga, Madrid superklubi vaziyatni o‘zgartirish va futbolchi uchun kurashda g‘alaba qozonishga umid qilmoqda. Bu haqda AS nashri o‘z sahifalarida ma’lum qildi.
Agar 26 yoshli Subimendi qo‘lga kiritilmasa, «Real» boshqa futbolchilar variantiga o‘tadi. Ro‘yxatda Rodri, Bruno Gimaraes, Tidjani Reynders, Enso Fernandes, Aleksis Makallister va Ederson bor.
Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari Martin Subimendini 60 million yevroga baholamoqda. Subimendi 2024/2025-yilgi mavsumda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/