Edegor: «Xoland — jahondagi eng yaxshi futbolchi, ammo boshqa o‘yinchilar ham bor»

«Arsenal» klubi yarim himoyachisi Martin Edegor Norvegiya termasidagi jamoadoshi Erling Xoland haqida fikr bildirib o‘tdi.

«Ha, Xoland — jahonda eng yaxshisi, ammo boshqa o‘yinchilar ham bor. Biz o‘n bir kishimiz. Barchamiz o‘yinga o‘z hissamizni qo‘shishga harakat qilamiz va jamoa oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun o‘sishga intilamiz. Biz yaxlit jamoa sifatida o‘ynaymiz.

Barchasi qo‘ldan chiqmadi. Ha, ba’zida xatolarga yo‘l qo‘ydik. Buning uchun bizni jiddiy jazolashdi. Biz bu orqali tajriba to‘playapmiz. Ispaniyaga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga uchraganimizda, har qanday xato uchun jazolanishimiz mumkinligini tushunib yetdik. Shuningdek, biz ham uarni jazolashamiz mumkin», — dedi Edegor.

Manba: sport24.ru

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter