Palmer 11 o‘yindan beri gol ura olmayapti
APLning 33-turi doirasida «Chelsi» safarda «Fulxem» bilan bellashdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
«Ko‘klar»ning hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmer gol ura olmadi va shu tariqa Premyer-ligadagi golsiz seriyasini 11 ta o‘yinga yetkazdi.
22 yoshli angliyalik futbolchi so‘nggi bor APLning 21-turida «Bornmut» darvozasini ishg‘ol qilgan (2:2). Oradan 1067 daqiqa o‘tdi.
Umuman olganda, Koul joriy mavsum klubda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/