«Liverpul» futbolchisi kichik yubileyini o‘tkazdi
Angliya futbolida Premyer-liganing o‘n beshinchi turidan o‘rin olgan qoldirilgan o‘yin bo‘lib o‘tdi, unda «Everton» va «Liverpul» o‘zaro bahs olib borishdi. Derbi har doimgidek keskin o‘tdi – 2:2.
Yana bir bor “Liverpul”ning misrlik hujumchisi, jamoaning so‘zsiz yetakchisi Muhammad Saloh maydonda ajoyib o‘yin ko‘rsatdi.
U ham gol urdi, ham golli uzatmani amalga oshirdi – u Premyer-ligada faoliyati davomida 40-marta ham gol urdi, ham golli uzatma berdi.
Xullas, qaysidir ma’noda Saloh kichik yubileyni nishonladi. Eslatib o‘tamiz, u 2017 yildan buyon «Liverpul»da o‘ynab kelmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/