Moyes doimiy qiyin to‘sig‘idan o‘ta olmadi
Angliya futbolida Premyer-liganing o‘n beshinchi turidan o‘rin olgan qoldirilgan o‘yin bo‘lib o‘tdi, unda «Everton» va «Liverpul» o‘zaro bahs olib borishdi.
Derbi har doimgidek keskin o‘tdi – 2:2.
Shu tariqa Devid Moyes APLdagi eng qiyin raqibiga qarshi yana g‘alaba qozona olmadi. Bu Moyesning murabbiy sifatidagi «qizillar»ga qarshi o‘ttiz sakkizinchi o‘yini bo‘ldi.
Shu vaqt ichida Moyes bor yo‘g‘i to‘rtta uchrashuvda g‘alaba qozongan. G‘alaba 10,5% – bu Moyes uchun Premyer-ligada qarshi o‘ynagan barcha jamoalar orasidagi eng past ko‘rsatkichdir. “Liverpul”ga qarshi yana 10 uchrashuv durang, 24 tasi mag‘lubiyat bilan yakunlangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/