Goreskaga APLning ikki klubi qiziqmoqda

«Bavariya» yarim himoyachisi Leon Goreska jamoadagi hozirgi holatidan norozi va qishki transfer oynasida klubini o‘zgartirmoqchi.

The Sun nashri xabariga ko‘ra, yarim himoyachi xizmatiga Angliya Premyer-ligasining ikki klubi qiziqish bildirmoqda. Gap qishda futbolchi uchun kurashishga tayyor bo‘lgan Londonning «Vest Xem» va «Manchester Yunayted» klublari haqida ketmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Goreska «Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani rejalariga kiritilmagan. Rahbariyat yozda futbolchiga ketib, boshqa klubda muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgani ma’qul ekanini tushuntirgan. Biroq, Goreska ketishdan bosh tortdi, endi esa bundan afsusda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter