Goreska: «Evropa chempionatida g‘olib bo‘lmoqchimiz»

Myunxenning “Bavariya” klubi va Germaniya terma jamoasi futbolchisi Leon Goreska 2024 yilgi Yevropa chempionatidan umidlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Umid qilamanki, Yevro-2024da g‘alaba qozonish faoliyatimdagi eng yorqin voqea bo‘ladi, ammo hali oldinda uzoq yo‘l bor. Biz hamma narsaga qodirmiz, ayniqsa muxlislar bizga ishonsa», – dedi Goreska.

Shu bilan birga, futbolchining fikricha, Germaniya uy turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun hali ko‘p ish qilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya terma jamoasi uch karra Yevropa chempionati g‘olibi bo‘lgan, biroq nemislar oxirgi marta bu sovrinni 1996 yilda qo‘lga kiritishgan.

Yevro-2024 14 iyundan 14 iyulga qadar Germaniyaning o‘nta shahrida bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter