Chimayev, Rahmonov va Maxachev UFC-300da Edvards bilan jang qilishdan bosh tortgan

Ariyel Xelvani Leon Edvards bilan jangdan bosh tortgan jangchilarning ismlarini aytib o‘tdi.

“Edvards bilan jang qilish Hamzat Chimayev, Shavkat Rahmonov va Islom Maxachevga taklif qilingani haqida eshitdim. Leon bu sportchilarning barchasi bilan jang qilishga tayyorligini aytgan edi, ammo ular rad etgan”, — dedi jurnalist Ariyel Xelvani.

Avvalroq UFC prezidenti Dana Uayt Edvardsga UFC 300 jangi uchun uchta raqib taklif qilinganini aytgandi. Leon uch jangga ham rozilik bildirgan edi.

Manba: daryo.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter