«Marsel» «Inter» futbolchisiga qiziqishini so‘ndirmayapti

«Marsel» «Inter» yarim himoyachisi Valentin Karboniga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi insayder Fabrisio Romano.

Qayd etilishicha, u fransuz klubining yozgi transfer oynasidagi ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Avvalroq, italiyalik Roberto De Dzerbi «Marsel» bosh murabbiyi etib tayinlangandi.

19 yoshli Karboni o‘tgan mavsumni «Monsa»da ijara asosida o‘tkazdi. Uning hisobida 32 ta o‘yin, 2 ta gol va 4 ta golli uzatma bor.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter