«Arsenal» «Aston Villa» futbolchisiga ko‘z tikmoqda

Londonning “Arsenal” klubi “Aston Villa”ning himoyachi va yarim himoyachisi Duglas Luisga qiziqish bildirishda davom etmoqda. Bu haqda insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar bermoqda.

«Arsenal» har doim o‘ziga yoqqan futbolchilarni kuzatib boradi – «Aston Villa» yarim himoyachisi Duglas Luis ulardan biri sanaladi. Ular uni har doim qadrlashdi», – deydi Romano.

Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi “Aston Villa” safida barcha turnirlarda 13 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urgan. Futbolchi 25 yoshda va 2019 yildan buyon “Aston Villa”da o‘ynamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter