«Marsel»ning bir muxlisi 4 oyga qamaldi
Oktyabr oyi oxirida Fransiya chempionati doirasidagi «Marsel» – «Lion» uchrashuvi tartibsiz hodisalari bilan esda qoldi.
Gap shundaki, «sherlar» avtobusiga mahalliy muxlislar hujum qilgan. Mehmon jamoa ustozi Fabio Grosso shisha bo‘lagidan og‘ir jarohat oldi – unga hatto tikuv qo‘yishga ham to‘g‘ri keldi.
Payshanba kuni «Marsel»ning bir muxlisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi, deya xabar beradi L’Equipe.
Ijtimoiy tarmoqlarda bu odam «Lion» avtobusiga tosh otgani aks etgan video bor. Biroq sud aynan shu muxlis avtobus oynalarini sindirganini aniqlay olmadi.
Ehtimol, agar bu isbotlanganida, jazo yanada qattiqroq bo‘lar edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/