«Yuventus» Duglas Luisni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi

Turinning «Yuventus» klubi «Aston Villa»dan yarim himoyachi Duglas Luisni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi.

Jurnalist Fabrisio Romanoning xabariga ko‘ra, braziliyalik bugun muolajadan o‘tadi. Luis 2029 yilgacha shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachini bir necha yil oldin o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgan, biroq kelishuv amalga oshmagandi.

Qarama-qarshi yo‘nalishda qanot yarim himoyachisi Samuyel Illing va himoyachi Enso Barrenechea «Aston Villa»ga yo‘l olishadi. Birmingem klubi ham Duglas Luis uchun 20 million yevro oladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter