«Aston Villa» futbolchisi uchun «Liverpul» ham kurashga qo‘shildi

«Aston Villa» yarim himoyachisi Duglas Luis uchun kurashda yangi da’vogar paydo bo‘ldi.

Jurnalist Pit O’Rurkning bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Liverpul» Luis uchun kurashga qo‘shildi va Londonning «Arsenal» klubi va «Barselona» bilan raqobatlashishga tayyor.

Manbaning ta’kidlashicha, «Aston Villa» Luisni ushbu transfer oynasida qo‘yib yubormaydi. 25 yoshli braziliyalik futbolchining narxi 100 million yevrodan oshadi.

Futbolchi uchun kurash kelasi yozda boshlanishi kutilmoqda. Joriy mavsumda Duglas Angliya Premyer-ligasida 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. «Aston Villa» ayni damda chempionatda uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter