Duglas Kosta o‘ziga yangi jamoa topdi

Mashhur vinger Duglas Kosta o‘ziga yangi jamoa topdi.

Insayder Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, 33 yoshli braziliyalik futbolchi «Fluminense»ga o‘tish bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan. Ayni paytda Kosta uchun shartnoma hujjatlari tayyorlanmoqda va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish rejalashtirilgan. Shu kunlarda Duglas Braziliyaga yo‘l oladi.

Eslatib o‘tamiz, Duglas Kosta asosan Yevropadagi “Shaxtyor”, “Bavariya” va “Yuventus”dagi o‘yinlari bilan tanilgan.

Transfermarkt portali braziliyalik futbolchini 1,5 million yevroga baholamoqda. Kosta endi erkin agentga aylandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter