Ikki klub Serxio Ramos bilan shartnoma imzolashi mumkin
Serxio Ramos 2023/2024 yilgi mavsum yakunida «Sevilya»ni tark etishi mumkin. Xabarga ko‘ra, 38 yoshli futbolchi klub rahbarlari bilan yangi shartnomaning moliyaviy shartlari bo‘yicha kelisha olmayapti.
Agar tomonlar murosa topa olmasa, Serxio jamoani erkin agent sifatida tark etadi. Ramosda faoliyatini MLSda davom ettirish imkoniyatlari bor.
Ispaniyalik futbolchiga ikki klub qiziqish bildirmoqda: «Inter Mayami» va «Los-Anjeles Gelaksi».
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Ramos 22 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi, 6 ta sariq kartochka oldi va bir marta maydondan chetlatildi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/