Ramos: «Futbol imidjini tozalashimiz kerak»
Serxio Ramos Markos Akunyaga qaratilgan irqchilikka oid qo‘shiqlar haqida gapirdi.
La Liganing 30-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Sevilya” safarda “Xetafe”ni mag‘lub etdi (1:0). Yagona gol Serxio Ramos tomonidan kiritildi.
O‘yinning 60-daqiqasida ba’zi mezbon muxlislar tashrif buyurgan argentinalik yarim himoyachi Markos Akunyani «maymun» deb haqoratlay boshlashdi.
“Biz hurmat so‘raymiz va ular [muxlislar] bu yerga kelib, ahmoqona gaplarni aytmasliklarini istaymiz.
Laynsmen haqoratni eshitdi va hakam uchrashuvni to‘xtatdi. Biz futbol imidjini tozalashimiz kerak», – dedi “Sevilya” himoyachisi Serxio Ramos.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/