Neymarning rafiqasining uyiga jinoyatchilar hujum qildi
“Al-Hilol” hujumchisi Neymarning sevgilisi Bruna Byankardining uyiga jinoyatchilar hujum qildi, deb xabar bermoqda R7.
Manbaga ko‘ra, jinoyatchilar zargarlik buyumlari va qimmatbaho soatlarni o‘g‘irlagan. Ular Byankardining ota-onasini bog‘lab, bir necha bor qiz va uning qizi qayerdaligini so‘rashgan – ular o‘sha paytda uyda yo‘q edi.
Qaroqchilardan biri qo‘lga olingan, qolganlari qochib ketgan.
18 oktyabr kuni Neymar Braziliya terma jamoasining JCH-2026 saralash turniri doirasidagi Urugvayga (0:2) qarshi o‘yinida jiddiy jarohat oldi. Forvardning chap tizzasida xochsimon bog‘lam va menisk yirtilish tashxisi qo‘yilgan. Uning tiklanishi olti oydan ko‘proq vaqtni oladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/