Neymarning «Navbahor» bilan o‘yindagi ishtiroki so‘roq ostida

Saudiyaning “Al-Hilol” klubi hujumchisi Neymar Osiyo Chempionlar ligasining dastlabki turidan o‘rin olgan “Navbahor”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborish xavfi bor. Braziliyalik futbolchi yangi jamoasidagi navbatdagi o‘yinda jarohat olgani uchun maydonga tushmasligi mumkin.

31 yoshli janubiy amerikalik futbolchi yozgi transfer oynasida Fransiyaning «PSJ» klubidan «Al-Hilol»ga o‘tgan edi. Uning transferi uchun Saudiya klubi rahbariyati parijliklarga 90 million yevro to‘lagan. Neymar 2025 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi guruh bosqichida “Al-Hilol” “Navbahor”, “Nassaji” va “Mumbay Siti” bilan to‘qnash keladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter