Neymar yana ota bo‘ldi

“Al-Hilol” hujumchisi Neymar yana ota bo‘ldi. Hujumchining rafiqasi Bruna Byankardi qiz dunyoga keltirdi.

«Bizning Mavimiz dunyoga keldi», – deb yozdi Neymar ijtimoiy tarmoqda. “Xush kelibsiz, qizim! Biz sizni juda yaxshi ko‘ramiz”.

Neymar va Byankardi 2020 yilda tanishishgan va bir yildan keyin munosabatlarini e’lon qilishgan.

Neymarning 2011 yil 13 avgustda tug‘ilgan Davi Lukka ismli o‘g‘li bor. Bolaning onasi futbolchining sobiq sevgilisi Karolina Dantasdir.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter