Mudrik ilk bor Ukraina terma jamoasida o‘zini ko‘rsatdi
Malta hamda Ukraina terma jamoalari o‘rtasidagi 2024 yilgi Yevropa chempionatiga saralash guruh bosqichidan o‘rin olgan uchrashuv yakunlandi. Sergey Rebrov shogirdlari 3:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.
85-daqiqada Londonning “Chelsi” klubi hujumchisi Mixail Mudrik tablodagi yakuniy hisobni o‘rnatdi. Shu tariqa, 22 yoshli futbolchi milliy terma jamoa safida ilk bor gol urdi. Buning uchun u 15 ta uchrashuv o‘tkazishi kerak bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Mudrik o‘tgan yozda Ukraina terma jamoasida debyut qilgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/