Bugun o‘zbekistonlik sportchining UFC da jangi bor

Bugun Fransiya poytaxti Parij shahrida navbatdagi UFC turniri bo‘lib o‘tadi.

Ushbu oqshom doirasida Bogdan Guskov Shveysariya vakili, chempionlik jangida ishtirok etgan tajribali Volkan Ozdemirga qarshi oktagonga chiqadi. Turnirning markaziy jangi fransiyalik Siril Gan hamda Sergey Spivak o‘rtasida kechadi.

Ma’lumot uchun, oqshomning prelim kard janglari Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da start oladi. Asosiy kard janglarini esa soat 00:00 dan boshlab tomosha qilishingiz mumkin. Bogdan Guskovning jangi taxminan soat 00:40 dan so‘ng boshlanadi.

Turnirning to‘liq kardi bilan tanishing:

Asosiy kard:

Siril Gan — Sergey Spivak

Manon Fyoro — Rouz Namayunas

Benua Sen-Deni — Tiago Moyzes

Volkan Ozdemir — Bogdan Guskov

Uilyam Gomis — Lukas Almeyda

Yanis Gemmuri — Kaolan Logran

Prelim kard:

Morgan Sharer — Manolo Zechchini

Teylor Lapilus — Muin Gafurov

Zara Feyrn — Jaklin Kavalkanti

Nora Kornoll — Jozelin Edvards

Ange Lusa — Ris Makki

Farid Basharat — Kleydson Rodriges.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter