Veynaldum Saudiya yoki Turkiya o‘rtasida tanlov qilishi kerak

Niderlandiyalik yarim himoyachi Jorjinyo Veynaldum joriy transfer oynasida «PSJ»ni tark etishi mumkin, deya xabar beradi ijtimoiy tarmoq insayderi Nikolo Skira.

Jurnalistga ma’lum bo‘lishicha, 32 yoshli futbolchining xizmatlariga Saudiya Arabistoni va Turkiya chempionatlari klublari qiziqish bildirmoqda.

Jorjinyo o‘tgan mavsumda «Roma»da ijara asosida o‘ynagandi. Niderlandiyalik futbolchi Italiya chempionatining 14ta o‘yinida qatnashib, ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter