Kessie Saudiya klubiga o‘tishga rozi bo‘ldi

«Barselona» yarim himoyachisi Frank Kessie «Al-Ahli Jidda» bilan shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi. Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, 26 yoshli ivuarlik futbolchi 2026 yilgacha mo‘ljallangan katta maoshli shartnomaga rozi bo‘lgan.

Shuningdek, manbaning xabar berishicha, “Al-Ahli”ning tayanch zonasini mustahkamlashda asosiy maqsadi “Fiorentina”dan Sofyan Amrabat bo‘lgan, marokashlik Saudiya klubi taklifini rad etgan, chunki u “Manchester Yunayted”dan harakat kutmoqda.

Oldinroq «Barselona» Kessieni 30-35 million yevro evaziga qo‘yib yubormoqchi ekanligi xabar qilingandi. O‘tgan yozda yarim himoyachi klubga tekinga kelgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter