«Al-Ittihod» «Barselona» yulduzini o‘z safiga qo‘shib olish istagini bildirdi
Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» klubi sport direktori Ramon Planes «Barselona» markaziy himoyachisi Ronald Arauxoga qiziqish bildirayotganini yashirmayapti.
«Agar menda shunday imkoniyat bo‘lganida, hech ikkilanmay imzolagan bo‘lardim. Men uni dunyodagi eng yaxshi himoyachilardan biri deb hisoblayman,» – deya Planesning urugvaylik futbolchi haqidagi so‘zlarini keltiradi Barca Universal.
Transfermarkt hisob-kitoblariga ko‘ra, Ronald Arauxoning narxi 35 mln yevroga teng. Yanvar oyida 26 yoshli futbolchi «ko‘k-anorranglilar» bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/