Planes: «Al-Ittihod»ga kelganimdan xursandman»
«Al-Ittihod»da ish boshlagan Ramon Planes Saudiya futboli haqida gapirdi.
«Men o‘z madaniyati va xalqining o‘ziga xosligi bilan ajralib turuvchi mamlakatni kashf qildim. Bu futbolga ishtiyoqi bor, uzoq yillik futbol madaniyatiga ega, jahon chempionatida qatnashadigan, o‘rganish va o‘sish istagi bor mamlakat.
Ular bizning o‘z bilimlarimizni baham ko‘rishimizni xohlashadi. Ular meni qanday qabul qilishganidan xursandman.
Saudiya Arabistoniga, to‘g‘rirog‘i, yirik klublardan biri “Al-Ittihod”ga kelganimdan xursandman. Qabul qilgan qarorimdan mamnunman.
Biz hamma narsa yaxshi bo‘lishiga mas’ulmiz», — dedi Planes.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona»ning sobiq sport direktori, hozirda «Al-Ittihod»da ish boshlagan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/