“Lill” darvozaboni klubini o‘zgartirishi mumkin

“Lill” darvozaboni Lukas Shevalye yaqin vaqt ichida Fransiyaning boshqa bir klubi “PSJ”ga o‘tishi kutilmoqda.

Bu haqda RMC Sport jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, parijliklar jamoasi ustozi Luis Enrike yangi kelgan futbolchidan jamoaning asosiy darvozaboni bo‘lishini kutmoqda.

Shevalye italiyalik Janluiji Donnarummani almashtirishi mumkin, klub u bilan yangi mehnat shartnomasi bo‘yicha kelisha olmadi.

Darvozabon shu yozda klubni tark etishi mumkin.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter