APL klubi Uilyamsni eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylantirishga tayyor

Ispaniya va Bilbaoning «Atletik» klubi hujumkor yarim himoyachisi Niko Uilyams Londonning «Chelsi» klubining transfer maqsadi hisoblanadi.

Manbaga ko‘ra, «pensionerlar» rahbariyati 22 yoshli vingerni jamoadagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylantirishga tayyor.

Londonliklar Uilyamsni «Atletik»dan 60 million yevroga sotib olishlari mumkin, bu uning mehnat shartnomasida tovon puli sifatida ko‘rsatilgan.

Yarim himoyachi 2021 yilning yozidan buyon basklar jamoasida o‘ynamoqda. Futbolchi va klub o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum oxirida o‘z nihoyasiga yetadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter